None

Erasmus+Riga


Yevropa ittifoqining Erasmus+ “Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish - CBHE” dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “UzMedEn: Oʻzbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Latviyaning Riga texnika universitetida rejalashtirilgan ikki haftalik malaka oshirish kurslari joriy yilning 18 sentabr kunidan boshlandi. Malaka oshirish kurslarining rasmiy ochilish marosimiga Oʻzbekiston Respublikaning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Kadambay Sultanov, Riga texnika universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Prof. Elina Gaile-Sarkane, Muhandislik fakulteti dekani Dr. Ivo Vaicis, Biotibbiyot muhandisligi va nanotexnologiyalar instituti direktori professor Jurijs Dehtjars, universitet akademik jamoasi va Oʻzbekiston Respublikasining 7 ta oliy taʼlim muassasalari, jumladan Toshkent Kimyo xalqaro universitetidan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Yaqin ikki hafta davomida loyihaning barcha oʻzbekistonlik ishtirokchilari kabi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari - loyiha koordinatori, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.Rustamov, loyiha ishtirokchilari R.Allaberganov, K.Abdivaxidov, I.Mamayunusov, M.Musurmonov, U.Tashmuratov biotibbiyot muhandisligi sohasida Yevropaning ilgʻor tajribasini oʻrganish, tibbiyot muhandisligi yoʻnalishida magistratura oʻquv dasturini yaratishga oid kerakli bilimlarni olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.