None

ESP va EAP boʻyicha ilmiy muloqot: talabalar respublika miqyosida tajriba almashdilar


2025 yil 12 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ingliz tili kafedrasi tomonidan “ESP (maxsus maqsadlar uchun ingliz tili) va EAP (akademik maqsadlar uchun ingliz tili) ning global muloqotdagi oʻrni” mavzusida 5-Respublika talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi  tashkil etildi.

Konferensiyada mamlakatning turli oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar va ingliz tili boʻyicha pedagoglar oʻz ilmiy ishlari bilan ishtirok etdилар. Tadbir ESP va EAP yoʻnalishlari boʻyicha nazariya va amaliyotning kesishgan nuqtalarini oʻrganish, tajriba almashish, dolzarb muammolar ustida fikr yuritish va innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish uchun keng imkoniyat yaratdi.