“Favqulodda vaziyatlar organlariga 30 yil: rivojlanish yo‘li, islohotlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Anjumanda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xorijlik professorlari Osama Mustafa hamda Lho Tae Geun ekspert sifatida ishtirok etdilar. Muhokamalar davomida zilzilalarni prognoz qilish va aholini avtomatlashtirilgan ogohlantirish tizimlari, iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga keladigan sel va suv toshqinlarini kosmik monitoring orqali kuzatish, shuningdek baland binolardagi yong‘inlarni bartaraf etishda dronlar va o‘tga chidamli materiallardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.