
Faxrli g‘alaba – muhandislikda yuksak marralar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan respublika tanlovida yosh va iqtidorli muhandisimiz Muhammad Maftun Dilmurodzoda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bu yutuq nafaqat uning mehnatiga, balki butun muhandislik sohasi vakillarining salohiyatiga berilgan yuksak bahodir.
G‘oliblar uchun mukofotlar
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin sohiblariga elektromobillar topshiriladi (9 nafar g‘olib uchun),
2-o‘rin egalariga xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tash imkoniyati beriladi,
3-o‘rin sohiblari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Muhammad Maftun Dilmurodzodaning g‘alabasi unga xalqaro tajriba orttirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, muhandislik sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni o‘zbek ta’lim va sanoatiga olib kirish imkonini yaratadi.
Muhandislar – kelajak bunyodkorlari
Bugun muhandislik sohasi nafaqat ilm-fan va texnologiyalar rivojining asosi, balki iqtisodiy taraqqiyotning ham bosh omilidir. Bejizga aytilmagan: “Muhandislar dunyoning eng boy insonlari”. Zero, ular yaratgan kashfiyotlar, innovatsiyalar va texnologiyalar butun jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Bu yutuq yoshlarimiz uchun ulkan ilhom manbai bo‘lib, kelajakda o‘zini muhandislikka bag‘ishlamoqchi bo‘lganlarga kuchli turtki beradi.