Fransiyaga amalga oshirilgan tashrif doirasida Kimyo International University in Tashkent delegatsiyasi O‘zbekistonning Fransiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodir G‘aniyev bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida KIUT rektori prof. Akmal Allakuliyev hamda elchi janoblari O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Elchi janoblari KIUT va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Batafsil:
Fransiyadagi O‘zbekiston elchixonasining rasmiy sahifasi