a forum on the theme “Freelancing is the profession of the future” was held at Kimyo International University in Tashkent

“Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi


Yoshlarni bandligini ta’minlash hamda ularga qo‘shimcha daromad manbaalarini topishga ko‘maklashish maqsadida 31 mart kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi davlat muassasasi tomonidan tashkil etilgan “Frilanserlik – bu kelajak kasbi” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Forumda frilanserlik faoliyati uchun eng ishonchli Upwork, Fiverr, TopTal va boshqa ko‘plab xorijiy platformalardan foydalanib, o‘z kasbiy faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga va tajribaga ega bo‘lgan mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib ushbu platformalarda ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy, amaliy bilim va orttirilgan tajribalarini talabalar bilan bo‘lishdilar.