“Giyohvandlikka yo‘q deymiz!”
Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV magistraturasi tinglovchilari — podpolkovnik O. Jalilov va podpolkovnik U. Xudayberganov ishtirok etib, yoshlarga dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruza qildilar.
Tadbir davomida giyohvandlikning zararli oqibatlari, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “Giyohvandlik: o‘ylamay bosilgan qadam” nomli videorolik namoyish etildi.
Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.