“Globallashuv jarayonida koreys tili taʼlimidagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Anjumanda zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb mavzularini muhokama qilishga qaratilgan ilmiy materiallar toʻplami bepul tarzda chop etilishi nazarda tutilgan edi. Unda oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, xorijiy va mahalliy ilmiy xodimlar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari mavzuga oid tezislari bilan ishtirok etishdi.