Two students of Fashion Design faculty participated with their collections at La Galerie Bourbon gallery in Paris within the framework of Grand Fashion Week season

“Grand Fashion Week” mavsumi doirasida Parijdagi La Galerie Bourbon galereyasida “Liboslar dizayni” yoʻnalishining ikki nafar talabasi ham oʻz kolleksiyalari bilan ishtirok etdi


Oʻzbek moda sanoatining mastodontlari ishlaridan tashqari “Commence” yosh dizaynerlar tanlovi gʻolibi, universitetimizning 3-kurs talabasi Sevinch Normamatovaning yangi kolleksiyasi taqdim etildi. Shuningdek, Cherrymyx brendi asoschisi, 2-kurs talabasi va toʻrt yillik davlat granti sohibasi Sadinova Marjonabonu ham yangi kolleksiyalarini taqdim qildi.  Universitet jamoasi nomidan iqtidorli talabalarimiz ijodiga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Maʼlumot oʻrnida: Parijning tarixiy markazida joylashgan La Galerie Bourbon galereyasi Ispaniya qirollik oilasining sobiq qarorgohi va Parijdagi koʻplab moda uylarining tadbirlari oʻtkaziladigan joy.