Hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar birgalikda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini izlash va ilmiy salohiyatni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Ushbu hamkorlik yangi ilmiy loyihalar va amaliy natijalarga zamin yaratadi.