
Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Rangtasvir" yoʻnalishi talabalari Xitoyda amaliyot oʻtayapti
Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Rangtasvir" yoʻnalishi talabalari Xitoyda amaliyot oʻtayapti. Bu amaliyot talabalar uchun nafaqat oʻz bilimlarini mustahkamlash, balki xalqaro tajriba orttirish va yangi madaniyatni oʻrganish imkoniyatini yaratadi.
Xitoyda oʻtkazilayotgan amaliyot davomida talabalarga oʻquv jarayoniga tegishli ilgʻor metodlar, rangtasvirning zamonaviy yoʻnalishlari va sanoatdagi amaliy tajribalar haqida keng maʼlumotlar berilmoqda. Bu amaliyot, shuningdek, talabalar uchun Xitoyning sanʼat va dizayn sohasida olib borilayotgan innovatsion ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatini ham taqdim etadi.