Dear applicants!

Hurmatli abituriyentlar!


Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti hamda uning Namangan va Samarqand shahridagi filiallariga 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi. 

⚡️Yangilik! Endilikda universitetning Namangan va Samarqand filiallariga ham bir sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Ya’ni, abituriyent tegishli filialni tanlagan holda, o‘z hujjatlarini topshirishi mumkin. 

🗓️ Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 01.04.2023 dan, 31.07.2023 gacha davom etadi. 

Abituriyentlardan quyidagi hujjatlarning elektron nusxasini topshirish talab etiladi (hujjatlar to‘liq topshirilmagan taqdirda qabul qilinmaydi):

– O‘rta yoki o‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (attestat, diplom);
– Pasport;
– 3.5 x 4.5 hajmdagi rasm (JPEG);
– Agarda mavjud bo‘lsa, rasmiy til bilish sertifikatlari: IELTS - 5.5 / CEFR - B1 / DuoLingo - 85 / TOEFL - 58 / TOPIK - (3) / IGCSE - 4 va undan yuqori ballar. 

🌐 Hujjatlarni http://admission.kiut.uz sayti orqali onlayn tartibda topshirishingiz mumkin. 

Shuningdek, universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari va kirish imtihonlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

– Toshkent (http://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/)
– Namangan (https://nam.kiut.uz/uz/qabul/)
– Samarqand (https://sam.kiut.uz/uz/qabul/)

📞 Murojaat uchun telefon raqamlar:
Toshkent +998 (78) 129 40 40 (ichki 1)
Namangan +998 (55) 702 40 40
Samarqand + 998 (69) 210 40 40. 

Qabul komissiyasining ish jadavli: Dushanba – Juma (09:00 – 17:00).

❗️Eslatma: ayni vaqta hujjatlar faqat onlayn tartibda qabul qilinadi. Hujjatlarni oflayn tartibda qabul qilish sanalari esa, tez orada rasmiy saytimiz orqali e’lon qilinadi.