Innovatsion yondashuvlar va interaktiv ta’lim
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti 2-bosqich magistrantlari M.Q. Abidjonova va A. Bozorova tomonidan maktabgacha va musiqiy ta’lim kafedrasida o‘tkazilgan ochiq darslarda zamonaviy ta’lim metodlari va texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi namoyish etildi.
Dars jarayonida:
• nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan integratsiya qilindi;
• bolalarning ijodiy va estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interaktiv yondashuvlar qo‘llanildi;
• tajriba almashish va kasbiy muloqot muhiti yaratildi.
Bunday ochiq mashg‘ulotlar pedagoglar va magistrantlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsiya, ijod va hamkorlik — ta’lim sifati asosi.