IRNITUda xorijiy talabalar uchun rus tili bo‘yicha xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tmoqda
Loyihada O‘zbekiston, Xitoy va Mo‘g‘ulistondan 26 nafar talaba ishtirok etmoqda. Ular orasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari ham bor.
Dastur doirasida ishtirokchilar rus tilini o‘rganish bilan birga Baykal ko‘li, “Taltsi” muzeyi va Irkutskning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyuradilar.
Yozgi maktab yakunida talabalar o‘z loyihalarini himoya qiladilar.