Here are 5 interesting facts about South Korea.

Janubiy Koreya haqida 5 ta ajoyib fakt bilan boʻlishamiz.


1. Kech qolmaslik! Koreyada shifokorga 11:37, 9:33 kabi soatlarda ham yozilishar ekan. Yaʼni har bir daqiqa hisobga olinadi. Poyezd va avtobuslar ham kech qolmasdan belgilangan vaqtda keladi. 
2. Aniq bir belgilangan vaqtga kech qolmasdan kelsangiz, demak siz kech qolgan hisoblanar ekansiz. Chunki Koreyada ishga 10 daqiqa oldin kelish tartibi bor ekan. Sababi bu vaqt ichida xodim hamkasblari bilan soʻrashib, nonushta qilishga ulgurishi kerak ekan. 
3. 4 raqamining yoʻqligi. Aksariyat liftlarda 4 raqami boʻlmas ekan. Sababi 4 - “sa” tarjima qilinganda ikkita maʼnoni anglatar ekan, ulardan biri “oʻlim” maʼnosida kelgani uchun 4 raqami oʻrniga “F” ishlatishar ekan.
4. Doim soyabon bilan. Yomgʻirli kunlarda koʻchalarda soyabonsiz yurgan koreyalikni deyarli uchratmas ekansiz. Sababi ob-havoning buzilganligi tufayli yomgʻirdan soʻng koʻpchilikni sochi toʻkilar ekan. 
5. Tekin salatlar. Sharqiy Osiyo mamlakatlari ichida faqat Koreyada taomga qoʻshib, tekin salatlar berish odatiy holat ekan.
Hozirda Janubiy Koreyada tahsil olayotgan talabalarimiz! Sizlar yana qanday noodatiy odatlarni kuzatyapsiz, biz bilan komentlarda oʻrtoqlashing.