None

Janubiy Koreyadagi hamkor universitetlarimizda grant yoki stipendiya asosida tahsil olish uchun nima qilish kerak?


Janubiy Koreyadagi hamkor universitetlarimizda grant yoki stipendiya asosida tahsil olish uchun nima qilish kerak?

Koreya Respublikasi yuksak texnologiyalari, ilgʻor taʼlim tizimi va boy madaniyati bilan dunyoning koʻplab talabalarini oʻziga jalb qiladi. Ayniqsa, Oʻzbekistondan kelgan talabalar uchun Koreyada taʼlim olish nafaqat bir orzuni roʻyobga chiqarish, balki keng koʻlamli kasbiy va shaxsiy imkoniyatlar eshigini ochadi. Biroq, bu safarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ingliz va koreys tillarini puxta oʻrganish talab etiladi. TKXUning hamkor universitetlari vakillari qoʻshma dastur asosida taʼlim olish istagida boʻlgan talabalarga hujjat topshirish jarayonidan tortib, grant olish imkoniyatlari boʻyicha toʻliq maʼlumot berishdi. Jumladan, eng asosiy talablar - bu GPA koʻrsatkichlarining yuqori boʻlishi va til bilish qobiliyatidir.

Talabalar uchun ingliz va koreys tillarini puxta oʻrganish, shubhasiz, muvaffaqiyat kalitidir. TOPIK va IELTS kabi sertifikatlar esa ularning oʻqish yoʻlidagi muhim qadamlaridan biridir. Nufuzli Hanyang universiteti taklif etayotgan stipendiya dasturlari esa, talabalar uchun taʼlim olishni yanada qulay va qiziqarli qiladi. Shunday ekan, talabalar bu imkoniyatlardan toʻliq foydalanib, oʻz yorqin kelajaklarini qurishlari mumkin. Batafsil ma'lumot olish uchun: 

+ 998 95 515 11 88 

+ 998 95 479 40 40 

+ 998 95 478 40 40