Janubiy Koreyaning ilm-fan markazlaridan biri — Gyeongsang National University (GNU) bugun Kimyo International University in Tashkent (KIUT) delegatsiyasining navbatdagi manzili bo‘ldi.
Janubiy Koreyaning ilm-fan markazlaridan biri — Gyeongsang National University (GNU) bugun Kimyo International University in Tashkent (KIUT) delegatsiyasining navbatdagi manzili bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida tomonlar ta’lim sifati, tibbiy amaliyot va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida delegatsiya GNU universitetining muzeyi, sport majmuasi va tibbiyot markaziga bordi, talabalarga yaratilgan zamonaviy infratuzilma, klinik baza va ilmiy laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdi.
Ayniqsa, 1000 o‘rinli klinika, simulyatsion dars xonalari hamda raqamli laboratoriyalar Koreya oliy ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvni yaqqol namoyon etdi.
Gyeongsang National University bugungi kunda 24 mingdan ortiq talaba va 1,3 million kvadrat metr maydonga ega kampus bilan mamlakatdagi yirik ta’lim markazlaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuvda KIUT va GNU o‘rtasida:
qo‘shma o‘quv dasturlari va professor-o‘qituvchilar almashinuvi,
tibbiyot va texnika sohalarida amaliyot dasturlari,
hamda talabalarning Koreyada qisqa muddatli tajriba almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi