None

Janubiy Koreyaning Lotte foundation mukofoti “Koreys filologiyasi” yoʻnalishi talabalariga topshirildi


Janubiy Koreyaning Lotte foundation mukofoti “Koreys filologiyasi” yoʻnalishi talabalariga topshirildi

Kuni kecha Lotte Foundation tomonidan tashkil etilgan mukofotlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda nafaqat universitetning Toshkent shahrida oʻqiyotgan talabalari, balki Samarqand va Namangan shaharlaridagi filiallari talabalari ham pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Tadbirda universitet rektori, professorlar, talabalar va Lotte Foundation vakillari ishtirok etishdi.

Mukofotlash marosimida soʻzga chiqqan universitet rektori talabalarning yuksak intilishini va koreys tilini oʻrganishda koʻrsatgan yutuqlarini alohida eʼtirof etdi. U, shuningdek, Lotte Foundationga minnatdorchilik bildirar ekan, bu kabi tadbirlar talabalarni oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga va rivojlanishga undashini taʼkidladi.

Mukofot olgan talabalar orasida eng yaxshi ilmiy maqolalar yozgan, konferensiyalarda faol ishtirok etgan, kam taʼminlangan va aʼlo baholar bilan tahsil olayotgan 11 nafar yoshlar boʻldi. Har bir talaba mukofotni qabul qilar ekan, kelajakda yanada koʻproq izlanish va oʻz yutuqlarini davom ettirishga vaʼda berdi.