On April 10 of this year, the founder of the Kimyo International University in Tashkent A. Vahobov, the rector of the University J. Kudaybergenov and university teaching professor T. Rasulov visited George Fox University

Joriy yilning 10 aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti taʼsischisi A.Vaxobov, universitet rektori J.Kudaybergenov hamda universitetning professor-oʻqituvchisi T.Rasulov George Fox universitetiga tashrif buyurishdi


Delegatsiya aʼzolarini George Fox universiteti prezidenti Robin Baker kutib oldi. Uchrashuv avvalida rektor J.Kudaybergenov universitet vakillariga doʻstona munosabat uchun minnatdorchilik bildirar ekan, qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish borasida istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot berdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama memorandum imzolagandan soʻng, asosan muhandislik yoʻnalishida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, boshqa yoʻnalishlarda ham 2+2, 3+1 dasturilari, akademik mobillik, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish kabi bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Amerikalik talabalar uchun Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qoʻshma dasturlar, maxsus kurslar va yozgi maktablar tashkil qilish belgilandi. Modul tizimi asosida esa Oʻzbekistonda George Fox universitetining professor-ustozlarining dars berishini tashkillashtirishga kelishildi. 
«Bugungi uchrashuvda muhokama qilayotgan masalalarimiz ikki tomonlama manfaatli boʻlib, yosh ilmiy tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi degan umiddamiz», – dedi universitet prezidenti Robin Baker.
Uchrashuv soʻngida har ikkala tomon kelgusidagi aloqalar boʻyicha aniq takliflar tayyorlashga kelishib olishdi.
Shuningdek, vakillarimiz George Fox universitetining Xorijda taʼlim markazi direktori David Martinez bilan kampus boʻylab sayohat qilishdi va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.