On March 14 this year, a career day "KIUT Job Fair - 2023" was organized for senior students and graduates of Kimyo International University in Tashkent

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining yuqori bosqich va bitiruvchi talabalar uchun “KIUT Job Fair — 2023 ” nomli mehnat yarmarkasi tashkil qilindi


Taʼlim va ishlab chiqarish jarayonini uygʻunlashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu yarmarkada 50ga yaqin kompaniya va tashkilotlar ishtirok etdi. 
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida mehnat yarmarkasi anʼanaviy tarzda har yili bo’lib o’tadi. Yarmarkadan koʻzlangan maqsad - talabalarning mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniya va tashkilotlarda amaliyot oʻtashi va ishga joylashishi uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Bundan tashqari, har yilgi mehnat yarmarkasida muhandislar, arxitektura va dizayn, rangtasvir, chiroy estetikasi va liboslar dizayni yoʻnalishlari talabalarining ham amaliy koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Unda mehmon sifatida ishtirok etayotgan kompaniya vakillari talabalarning ishlanmalari va ijodini oʻz koʻzlari bilan baholay olishadi. Shuningdek, mehnat yarmarkasida alohida auditoriyalarda talabalar uchun ekspertlar tomonidan qoʻshimcha mahorat darslari ham tashkil qilindi. 
Mehnat yarmarkasida ishtirokchilarini qutlash uchun soʻzga chiqqan universitet rektori J.Kudaybergenov: “Bu yilgi mehnat yarmarkasida ish beruvchilar qatorida Toshkent Kimyo xalqaro universitetini bitirgan talabalar ham borligi eng quvonarli holat”, — ekanligini taʼkidlab oʻtdi. 
Qolaversa, talabalar kompaniya vakillari bilan muloqot qilish, boʻsh ish oʻrinlari, kompaniya istiqbollari haqida bilib olish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berish va kontakt almashish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 
Shu kabi tadbirlar talabalarga netvorkingni kengaytirish, yirik kompaniya asoschilari bilan suhbat qurish, umumiy qilib aytganda, koʻplab yangi va foydali ma’lumotlarni oʻrganishga imkon beradi.