
Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilgan 13- Markaziy Osiyo koreyshunoslik konferensiyasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻqituvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar
Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilgan 13- Markaziy Osiyo koreyshunoslik konferensiyasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻqituvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Konferensiya mavzusi «Yangi ipak yoʻlida koreyshunoslik va axborot texnologiyalari davrida» boʻlib, u “Koreyshunoslik” fanining yangi imkoniyatlarini va uning rivojlanish yoʻllarini muhokama qilishga qaratilgan edi.
Konferensiyada quyidagi ishtirokchilar oʻz ilmiy va amaliy tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar: Bekirova Elzara, Ergasheva Durdona, Park Eun Jy, Jeong In Sook.
Konferensiyada ishtirok etgan oʻqituvchilarimiz axborot texnologiyalari va koreyshunoslik sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan bilimlarini yanada boyitib, yangi ilmiy aloqalarni oʻrnatishdi. Ular, shuningdek, oʻzlarining tadqiqotlari va tajribalarini taqdim etishdi va Koreya bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi istiqbollarni muhokama qilishdi.
Konferensiya davomida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga turli maʼruzalar, davra muhokamalari va ilmiy ishlanmalar taqdim etildi. Ishtirokchilar oʻzaro tajriba almashish va koreyshunoslik sohasidagi yangi yoʻnalishlarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻqituvchilari ushbu konferensiyada ishtirok etganlari bilan nafaqat oʻz ilmiy faoliyatini kengaytirishdi, balki xalqaro miqyosda koreyshunoslik sohasida yangi aloqalar oʻrnatdilar.