• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Joriy yilning 5-fevral kuni Koreyaning nufuzli Pukyong milliy universiteti (PKNU)dan 50 nafar talaba va professor-oʻqituvchilar Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) tashrif buyurishdi


Joriy yilning 5-fevral kuni Koreyaning nufuzli Pukyong milliy universiteti (PKNU)dan 50 nafar talaba va professor-oʻqituvchilar Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida koreys tili yoʻnalishi talabalari bilan oʻzaro fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi, shuningdek, turli mavzularda debatlar tashkil qilindi.

Tashrifning asosiy maqsadi – ikki oliygoh talabalari oʻrtasida taʼlim va madaniy almashinuvni rivojlantirish, koreys tiliga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda amaliy tajriba almashishdan iborat edi. PKNU talabalari Koreya madaniyatini namoyish etish maqsadida K-POP raqslari va taekvondo sport namoyishini taqdim etdilar. Ushbu chiqishlar tadbir ishtirokchilari uchun qiziqarli va zavqli lahzalar taqdim etdi.

Bundan tashqari, talabalar Janubiy Koreyaning mashhur milliy taomlaridan biri – kimpap tayyorlash boʻyicha mahorat darsida ishtirok etishdi. TKXU talabalari koreys doʻstlari bilan birgalikda ushbu mazali taomni tayyorlab, madaniy almashinuvni yanada yaqinroq his qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Bunday uchrashuvlar talabalarimizga chet tillarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish, madaniyatlararo muloqot koʻnikmalarini shakllantirish va xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


4

4. Sifatli ta'lim
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram