None

Kaxarova Malika Ravshan qizi


“Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishining 4-kurs PRI-32U guruh talabasi Kaxarova Malika Ravshan qizi yoshlar oʻrtasida millatlararo totuvlikni targʻib qilish, adabiy va madaniy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, turizmni rivojlantirish, ilmiy maqolalar, uslubiy qoʻllanmalar bilan ishlash, kitobxonlikka jalb qilish ishlaridagi faolligi uchun Qozogʻiston Respublikasining “Qoʻsh qanot” ijod jamgʻarmasi tomonidan “Xalqaro xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Millatning ochiq va sifatli taʼlimini taʼminlashga koʻmaklashgani uchun” yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Rivojlanish va tadqiqotlar akademiyasi hamda Lider tayanch taʼlimi tashkilotlari tomonidan “Rivojlanishga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Eng asosiysi esa, 2023-2024 oʻquv yili uchun Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldi. Lekin bu haqda batafsil keyingi postlarimizda yoritamiz.

Talabalarimiz yutuqlari bardavom boʻlsin, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi va ustozlari Kaxarova Malikaxon bilan faxrlanadi va ularni tarbiya qilgan ota-onasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.