The prospects for international cooperation in the School of Engineering, which is one of the most demanded and perspective areas, are expanding

Kelajakda eng talabgor yoʻnalishlardan biri boʻlgan Muhandislik maktabida xalqaro hamkorlik istiqbollari kengaymoqda


Kuni kecha Turkiyaning yirik robot manipulyatorlar ishlab chiqaruvchi RAM Robotics kompaniyasi vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor Djamshid Kaniev kutib oldi. RAM Robotics kompaniyasining bosh menejeri Mehmet Sezer va marketing menejeri Mustafa Kara universitet faoliyati, mavjud laboratoriyalar bilan yaqindan tanishganlaridan soʻng, «Muhandis-D» loyihasiga katta qiziqish bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent Kimyo xalqaro universitetida aprel oyi muhandislar oyi hisoblanadi. Anʼanaviy tarzda aynan aprel oyida «Muhandis-D» loyihasining yillik hisoboti koʻrgazma shaklida taqdim qilinadi. Bu yil koʻrgazma 28 aprel kuni soat 10:00dan barcha uchun oʻz eshiklarini ochadi.