Kimyo International university in Tashkent xalqaro reyting tizimiga kiritildi
Kimyo International university in Tashkent 2026-yilgi Times Higher Education Asia University Rankings reytingida “reporter” maqomida ishtirok etmoqda. Bu universitetning xalqaro reyting tizimiga rasman kirganini va kelgusida to‘liq reyting o‘rinlarini egallash yo‘lidagi muhim qadam ekanini anglatadi.
Mazkur natija universitet nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xususan, diplomning xalqaro qadri ortadi, almashinuv dasturlari kengayadi va bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayadi.
Ushbu yutuq universitetning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi muhim bosqichdir.
Universitet jamoasini ushbu natija bilan tabriklaymiz.
https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/2026/regional-ranking