Kitob — bu inson tafakkurini kengaytiradigan, dunyoqarashni boyitadigan eng katta maktab
Kitob — bu inson tafakkurini kengaytiradigan, dunyoqarashni boyitadigan eng katta maktab.
2025-yil 10-noyabr kuni Universitetimizda “Kitob savdo yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbir davomida rektor A. Allakuliyev tomonidan Axborot-resurs markazi fondiga 52 nomdagi badiiy, ilmiy va ommabop kitoblar beg‘araz sovg‘a etildi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishdan iborat.