KIUT delegatsiyasining Roma Tre University’ga rasmiy tashrifi: hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam
KIUT delegatsiyasining Roma Tre University’ga rasmiy tashrifi: hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam
Italiyada xizmat safarida bo‘lib turgan Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (KIUT) rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya 20-fevral kuni Rim shahridagi Roma Tre University (QS reytingida #901) universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.
Uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etildi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro manfaatli va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Xususan, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
2+2 va 1+1 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini kengaytirish;
qo‘shma ilmiy loyihalar hamda xalqaro grantlar doirasida hamkorlik qilish;
Erasmus+ dasturlari orqali akademik mobillikni rivojlantirish.
Tomonlar hamkorlikni faqat memorandumlar darajasida emas, balki aniq loyihalar, qo‘shma dasturlar va real natijalar orqali yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Uchrashuv yakunida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik bitimlarini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur tashrif Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro imkoniyatlarni oshirish hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.