KIUT olimi «Yilning yetakçi muallifi» nominatsiyasida taqdirlandi
Toşkentda ŏtkazilgan «InnoWeek–2026» xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi doirasida Toşkent Kimyo xalqaro universiteti olimi Ibragimov Inomjon Husainovic fizika sohasi bŏyiça «Yilning yetakçi muallifi» deb e’tirof etildi.
Olim Innovatsion rivojlaniş agentligining taşakkurnomasi bilan taqdirlandi. Uning xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvçi jurnallardagi naşrlari va ilmiy faoliyati ushbu e’tirofga asos bŏldi.
Universitet jamoasi olimni mazkur yutuq bilan tabriklaydi!