KIUT Sian shahridagi “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Xitoyning qadimiy Sian shahrida o‘tkazilayotgan “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasi boshlandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ham ushbu nufuzli ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma davomida KIUT xalqaro ta’lim dasturlari, ilmiy va innovatsion loyihalar, xorijiy talabalar uchun yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarini namoyish etmoqda.