KIUT talabasi “Kelajak yoshlari” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi
25–27-sentabr kunlari “New Talents” xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajak yoshlari” xalqaro tanlovi o‘tkazildi.
Tasviriy san’at yo‘nalishidagi tanlovda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Rang-tasvir” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ibratbek Abduvaliev ishtirok etib, “Yosh rassom” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. U I darajali diplom va medal bilan taqdirlandi.
Talabaning xalqaro tanlovdagi natijasi universitet tomonidan ham e’tirof etilib, Ibratbekka tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.
Ibratbek Abduvalievni yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.