KIUT vakillari Portugaliyada GREENDT loyihasi uchrashuvida
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi vakillari Portugaliyaning University of Aveiro universitetida o‘tayotgan GREENDT loyihasining 4-Project Meeting uchrashuvida ishtirok etmoqda.
Loyiha doirasida KIUTda “Atrof-muhit muhandisligi” magistratura mutaxassisligi yo‘lga qo‘yilib, zamonaviy laboratoriya bazasi, e-learning platformasi va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, Erasmus+ ICM doirasida KIUT magistranti uchun University of Aveiroda bir semestrlik akademik almashinuv imkoniyati kelishib olindi.