KIUTda talabalar o‘rtasida maqolalar tanlovi o‘tkazildi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” hamda “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzularida talabalar o‘rtasida maqolalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda mazmuni, ijodiy yondashuvi va mavzuni yoritish darajasi bilan ajralib turgan maqolalar mualliflari g‘olib deb topildi.
G‘olib talabalar universitet rektori tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.