“The Constitution is the most important document of the state and nation”

“Konstitutsiya – davlatning, millatning eng muhim hujjatidir”


4-aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendumga bagʻishlangan “Konstitutsiya – davlatning, millatning eng muhim hujjatidir” mavzusida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy kuzatuvchisi, Demokratiya va inson huquqlari instituti vakili, Ombudsman muovini M.N.Usmanov va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Nuroniylar kengashi raisi A.T.Gʻulomovlar soʻzga chiqishdi. Maʼruzachilar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga birma-bir toʻxtalib oʻtib, talabalarni 2023-yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishga, oʻz huquq va erkinliklari hamda kelajaklari uchun ovoz berishda faol ishtirok etishga chaqirdilar.