
Koreyalik xattot Xan Chang Xvan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!
Koreyalik xattot Xan Chang Xvan Toshkent Kimyo xalqaro universitetida! 13 oy davomida 54 ta davlatni kezib, koreys tili va madaniyatini targʻib etayotgan mashhur koreyalik xattot Xan Chang Xvan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. 2-oktabr kuni u Koreys tili fakultetining 1-kurs talabalari bilan “Hangeulga muhabbat, tinchlikka muhabbat” mavzusida uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida ustoz Hangeul — koreys alifbosining yaratilish tarixi, falsafasi va estetik mazmuni haqida qiziqarli maʼruza oʻqidi. Talabalar esa nafaqat tarixiy maʼlumotlarga, balki xattotlik sanʼatining nafis jozibasiga ham guvoh boʻlishdi. Xan Chang Xvan oʻz asarlari orqali tinchlik, sevgi va madaniy birlik gʻoyalarini ifoda etib, yoshlarni oʻz orzulariga intilish va ijodkorlikka chorladi.