Yesterday, a delegation headed by the Chairman of the Board of Satbayev University, Rector Meiram Begentaev visited the university

Kuni kecha Qozogʻistonning nufuzli universitetlaridan biri Satbayev University ning boshqaruv raisi, rektor Meyram Begentaev boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi


Delegatsiya aʼzolarini Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori, prof. Janpolat Kudaybergenov kutib oldi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi: oʻqituvchilar almashinuvi, talabalar almashinuvi, xodimlarning malakasini oshirish, ilmiy va innovatsion loyihalar boʻyicha ishlash, onlayn kurslarni tashkil qilish. Shundan soʻng, mehmonlar universitetning Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Prof. Jamshid Kaniev boshchiligida kampusda yaratilgan shart-sharoitlar, laboratoriya ishlanmalarini koʻzdan kechirishdi. Uchrashuv samimiy va doʻstona muhitda oʻtdi. 
Maʼlumot oʻrnida: Satbayev University 80 yildan ortiq vaqt davomida Qozogʻistondagi texnologik taraqqiyot, konchilik va neft biznesi sohasidagi ilmiy ishlanmalari bilan mashhur. Hozirda Satbayev University kon-metallurgiya va neft-gaz sanoatining yirik tashkilotlari bilan ilmiy tadqiqot loyihalari va kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilmoqda. Satbayev University ning asosiy yoʻnalishlaridan biri “yashil texnologiyalar” va uglevodorod xomashyosini muqobil manbalardan qazib olish sohasida loyihalarni ishlab chiqish hisoblanadi.