yesterday a meeting with the management of Gachon University was held

Kuni kecha safar dasturidan oʻrin olgan Gachon universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Maʼlumki, universitetimiz vakillari Janubiy Koreyada xizmat safarida. Kuni kecha safar dasturidan oʻrin olgan Gachon universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.  Uchrashuvda “2+2” dasturi asosida talabalar almashinuvini yanada kengaytirish, ushbu ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Soʻngra, Toshkent Kimyo xalqaro universitetidan borib, Gachon universitetida  tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ular bilan oʻquv jarayonlarining borishi, yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa mavzularda suhbat qurildi.