None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori Janpolat Kudaybergenov, Koreys filologiyasi fakulteti dekani Kim Yun Hoe va kafedra mudiri Durdona Ergasheva “2023 Korea week” haftaligi doirasida tashkil qilingan tantanali marosimda ishtirok etiishdi


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori Janpolat Kudaybergenov, Koreys filologiyasi fakulteti dekani Kim Yun Hoe va kafedra mudiri Durdona Ergasheva “2023 Korea week” haftaligi doirasida tashkil qilingan tantanali marosimda ishtirok etishdi. Tadbir Koreya davlati hamda uning qurolli kuchlari tashkil etilganligining 4355 - yilligiga bagʻishlandi. Marosimda yaqin hamkorlari qatorida mamlakatimizning hukumat vakillari, diplomatik tashkilotlar va koreys diasporasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Janubiy Koreya bilan taʼlim sohasidagi hamkorligimiz rejalari uzoq muddatli va keng koʻlamli ekanligi taʼkidlab oʻtildi.