• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Magistratura sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam: ishchi yig‘ilish o‘tkazildi


Universitetda magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim sifatini yanada kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi muhim ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda magistratura mutaxassisliklari mavjud kafedra mudirlari hamda Magistratura bo‘limi rahbari ishtirok etib, magistrantlarning bitiruv bosqichiga puxta tayyorgarligi va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida magistrantlarning shaxsiy kalendar rejalari qay darajada bajarilayotgani tahlil qilindi. Bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha hisobotlarni topshirish muddatlari, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish talablari aniqlashtirildi. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyalarini sifatli tashkil etish va rasmiy himoyaga tizimli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Kun tartibidagi muhim masalalardan yana biri — ta’lim jarayonini yagona standart asosida olib borish bo‘ldi. Xususan, sillabuslar, amaliyot dasturlari, dissertatsiyalarni rasmiylashtirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy konferensiyalar hamda imtihon jarayonlarini uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu esa magistrantlar uchun shaffof va tushunarli akademik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Mazkur yig‘ilish magistratura bosqichida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ilmiy salohiyatini kuchaytirish hamda bitiruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi. Universitet rahbariyati bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etishini ta’kidlab, har bir magistrantga sifatli ilmiy rahbarlik va metodik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish zarurligini alohida qayd etdi.


16

16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram