A memorandum of cooperation was signed with Mara Technological University (Malaysia)

Malayziyaning Mara texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi


2023 yilning 24 mart kuni Mara texnologiyalar universiteti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda muhandislik, tibbiyot, biznes yoʻnalishlarida aloqalarni jadallashtirish xususida gap bordi. Shuningdek, Ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga ayniqsa katta eʼtibor zarurligi taʼkidlab oʻtildi.

Ikkala universitetning professor-ustozlari hammualliflikda maqolalar chop etishni rivojlantirishga kelishib olindi.