Matematik modellar va tizimli tahlil zamonaviy texnologiyalarda qanday o‘rin tutadi?
KIUT talabalariga bu mavzularni xalqaro tajriba asosida o‘rganish imkoniyati yaratildi. Malayziyaning Universiti Malaysia Terengganu professori Shalela Mohd Mahali Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi bakalavriat va magistratura talabalari uchun ma’ruzalar o‘qidi.
Mashg‘ulotlarda matematik modellar, tizimli tahlil hamda zamonaviy texnologik yo‘nalishlar, ularning real jarayonlarni tahlil qilish va murakkab masalalarga yechim topishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida KIUT va Universiti Malaysia Terengganu o‘rtasida talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qo‘shma xalqaro grantlarni qamrab oluvchi hamkorlikni rivojlantirish tashabbusi ham ilgari surildi.