
“Muqobil loyihalarni modellashtirish va baholashda dasturiy ta’minotdan foydalanish (qurilish axborotini modellashtirish)” va “Uskunalarning ishonchliligi va ta’mirbobligi”
10-11 may kunlari universitet hamkori «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti ko‘magida Muhandislik maktabi talabalari uchun “Muqobil loyihalarni modellashtirish va baholashda dasturiy ta’minotdan foydalanish (qurilish axborotini modellashtirish)” va “Uskunalarning ishonchliligi va ta’mirbobligi” mavzularida seminar tashkil etildi. Seminarni G‘arbiy Michigan universitetining sanoat va biznes muhandisligi va muhandislik boshqaruvi kafedrasi mudiri, professor Azim Xushyar olib bordi. Professor o‘zining sanoat va tizim injiniringi sohasidagi bebaho tajribasi va bilimi, shuningdek, AQShning mahalliy, milliy va xalqaro ishlab chiqarish korporatsiyalarida to‘plangan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.