NOMDOR STIPENDIYALAR UCHUN TANLOV E’LON QILINADI
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti iqtidorli, ilmiy izlanishlarda faol va yuqori akademik natijalarga erishayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida nomdor stipendiyalar uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi stipendiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Universitetning birinchi rektori Janpolat Kudaybergenov nomidagi stipendiya
Iqtisodchi olim Ahmad O‘lmasov nomidagi stipendiya
Akademik Murod Sharifxo‘jayev nomidagi stipendiya
Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Universitetning Toshkent, Namangan va Samarqand kampuslarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan:
Bakalavriat bosqichining 2-kurs va undan yuqori kurs talabalari;
Magistratura bosqichining 2-kurs talabalari.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
GPA ko‘rsatkichi kamida 3,5 bo‘lishi;
A’lo o‘qish va ilmiy yoki ijodiy faoliyatda ishtirok etish;
Respublika va xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashish, ilmiy maqola va tezislarga ega bo‘lish;
Davlat tili va kamida bitta xorijiy tilni bilish;
Respublika yoki xalqaro tanlovlar hamda fan olimpiadalaridagi yutuqlar (mavjud bo‘lsa).
Xorijiy til bo‘yicha IELTS 6.0, CEFR B1, Duolingo 85, TOEFL 58, TOPIK 2, TOMER yoki nizomda belgilangan undan yuqori natijali sertifikatga ega talabgorlar maxsus til suhbatidan ozod etiladi.
Magistratura talabalari uchun qo‘shimcha talablar:
magistrlik dissertatsiyasi doirasida kamida 2 ta ilmiy maqola, ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlangan dissertatsiya annotatsiyasi va yuqori darajadagi xorijiy til bilimi.
Talab etiladigan hujjatlar
GPA ko‘rsatkichini tasdiqlovchi hujjat;
Dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
Ilmiy yoki ijodiy ish rahbarining tavsiyanomasi;
Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;
Xorijiy til sertifikati nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda xorijiy til bo‘yicha maxsus suhbatdan o‘tish haqidagi ariza;
Tanlov va olimpiadalardagi yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).
Barcha hujjatlar talabgorning F.I.Sh., ta’lim yo‘nalishi, kursi va guruhi ko‘rsatilgan alohida papkada taqdim etiladi.
Tanlov qanday o‘tkaziladi?
1-bosqich — hujjatlar va akademik yutuqlarni baholash.
Nomzodlarning GPA ko‘rsatkichlari, ilmiy ishlari, xorijiy til bilimi va tanlovlardagi yutuqlari belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
2-bosqich — maxsus test sinovlari.
Saralashdan o‘tgan talabgorlar O‘zbekiston tarixi va mantiqiy fikrlash bo‘yicha test topshiradilar.
Xorijiy til sertifikati mavjud bo‘lmagan talabgorlar o‘z tanloviga ko‘ra ingliz, koreys yoki xitoy tillaridan biri bo‘yicha maxsus imtihon topshiradilar.
Tanlov 100 ballik baholash tizimi asosida o‘tkaziladi.
G‘oliblarga beriladigan imkoniyatlar
Nomdor stipendiya sohiblariga universitet rektori tomonidan tasdiqlangan maxsus guvohnoma topshiriladi hamda nizomda belgilangan tartibda moliyaviy rag‘bat beriladi.
Hujjatlarni topshirish muddati: 12.10.2026 - 02.11.2026
Murojaat uchun: A blok, 214-xona