None

OB Textile Group fabrikasiga tashrif


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari Sirdaryo viloyatida joylashgan OB Textile Group fabrikasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va mahsulot sifatini taʼminlash usullarini oʻrganishdi. Tashrif davomida talabalar toʻqimachilik mahsulotlarini yaratishda ishlatiladigan texnologiyalar va uskunalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, fabrika xodimlari matolarni ishlab chiqarish bosqichlari, xom ashyolarni qayta ishlash va sifat nazorati jarayonlari haqida maʼlumot berishdi.