Onalar uchun eng buyuk baxt — bu farzandining sog‘ligi. Dunyoda hech kim o‘z farzandini ona kabi cheksiz mehr bilan seva olmaydi.
Go‘zal bayram — 8-mart arafasida hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida rak kasalligiga chalingan bolajonlar chizgan rasmlar ko‘rgazmasi va xayriya auksioni tashkil etildi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori boshchiligida o‘tkazilgan ushbu tadbir kasallik bilan kurashayotgan bolajonlar va ularning onalariga quvonch, mehr va eng muhimi — umid ulashdi.
Tadbir davomida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirilib, qizaloqlardan biri imtiyoz asosida Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.