Oxbridge International School o‘quvchilari KIUT bilan hamkorlik doirasida amaliy muhandislik tajribasi orttiradi
Oxbridge International School o‘quvchilari KIUT bilan hamkorlik doirasida amaliy muhandislik tajribasi orttiradi
Oxbridge International School o‘quvchilari Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (KIUT) Muhandislik maktabida qisqa muddatli akademik dasturda ishtirok etishmoqda. Bu universitet va maktab o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan loyiha bo‘lib, dastur davomida ular mexanika muhandisligi, kosmik texnologiyalar va axborot tizimlari muhandisligi fanlari bo‘yicha darslarni kuzatib, universitet hayoti va muhandislik sohalari bo‘yicha qimmatli bilimlar olishadi.
Ushbu tajriba orqali o‘quvchilarning muhandislik tushunchalarini chuqurroq anglash qobiliyati rivojlanadi, akademik ko‘nikmalari oshadi va universitet darajasidagi ta’lim bilan ilk tajribani oladi, bu esa ularni kelajakda muhandislik sohasida ta’lim olish va faoliyat yuritishga tayyorlaydi.
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Rod Klark Pauell talabalarni shaxsan kutib oldi va ularga muvaffaqiyatli va boy akademik tajriba tiladi, shuningdek, xalqaro hamkorlikning ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.