O‘zbek milliy raqsi orqali madaniyatlar muloqoti Madaniyatni yaqindan anglashning eng yaxshi yo‘llaridan biri — uni bevosita his qilish va amalda sinab ko‘rish.
Madaniyatlar almashinuviga qaratilgan yozgi dastur doirasida Sungshin Women’s University talaba qizlari o‘zbek milliy raqslarini o‘rgandilar. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar milliy raqslarimizga xos harakatlar, nafis qo‘l ishoralari va ijro madaniyati bilan tanishdilar. Ular raqs orqali o‘zbek xalqining an’analari, milliy liboslari va san’atidagi o‘ziga xoslikni yaqindan his qilish imkoniga ega bo‘ldilar.