Polshada professor – oʻqituvchilarimizning malaka oshirish dasturi davom etmoqda
Polshada professor – oʻqituvchilarimizning malaka oshirish dasturi davom etmoqda.
Varshava shahridagi WSB Merito universitetida professor – oʻqituvchilarimiz uchun malaka oshirish dasturining amaliy va koʻrgazmali qismi boshlandi. Tinglovchilar gumanitar va aniq fanlar oʻqituvchilaridan tarkib topgan ikki guruhga boʻlininb, amaliy mashgʻulotlarni davom ettirmoqdalar. Trening geymifikatsiya (oʻyin) shaklida Learning Battle Cards uslubidan foydalangan holda tashkil etildi. Dasturning keyingi qismi “Xavfsizlik va kiberxavfsizlik”, “Ta’lim sohasida zamonaviy boshqaruv trendlari”, “Ta’lim sohasida mentorlik va murabbiylik”, “4.0 sanoati va ishlab chiqarish optimizatsiyasi” kabi dolzarb mavzularni qamrab oladi.
Mashgʻulotlarni doktor Walery Okulicz – Kozaryn, prof. Urszula Kolasinska va prof. Mariusz Bednarek olib bormoqdalar. Ushbu murabbiylar oʻz sohalarida xalqaro toifadagi etakchi mutaxassislar hisoblanadilar.