Puchon universitetida “Markaziy Osiyodagi koreys diasporasi: tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti” mavzusida 1-xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi
Konferensiyada universitetimizning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori prof. Byoung-Ryeol Jo ham oʻz chiqishlari bilan ishtirok etdi.
“Yevrosiyodagi koreyslar tarixini tushunishga zamonaviy yondashuvlar”, “Markaziy Osiyoda koreys madaniyati”, “MDHdagi koreyslarning oʻziga xosligi va oʻz-oʻzini anglashi” mavzularida ilmiy tadqiqotchilar guruh boʻlib ish olib bordilar.