None

Pusan milliy universiteti


Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Pusan milliy universitetining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori janob Minjong Yang tashrif buyurdi. Mehmonni universitet rektori prof K. Axmedjanov kutib oldi. Muzokaralar davomida istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan, talabalar va oʻqituvchilar mobilligi dasturlari, qoʻshma nashrlar va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bundan tashqari 2+2, 3+1 qoʻshma dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilk kelishuvlarga erishildi.