QS EduData Summit 2026 doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirilmoqda
QS EduData Summit 2026 doirasida Kimyo international university SEGi University & Colleges (QS Asia University Rankings: #350) hamda American International University-Bangladesh (QS Asia University Rankings: #771–780) universitetlari bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Ushbu kelishuvlar Kimyo international university ning xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini kengaytirish va global miqyosdagi ishtirokini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam hisoblanadi. Memorandumlar akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalar va professor-o‘qituvchilar mobilligi, hamkorlikdagi ta’lim tashabbuslari hamda tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda yangi imkoniyatlar yaratadi.
QS EduData Summit 2026dagi ishtirok Kimyo international university uchun xalqaro reyting strategiyalari, ma’lumotlarga asoslangan universitet boshqaruvi va oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or global tajribalarni muhokama qilish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qildi.
Imzolangan memorandumlar Kimyo international universityning xalqaro taniluvchanligini oshirish, mustahkam akademik tarmoqlarni rivojlantirish hamda talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan strategik maqsadlariga mos keladi.
Kimyo international university ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar va global akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida yetakchi xorijiy universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etadi.